Mazkur ommaviy ofertaning predmeti Buyurtmachiga «AVATARIYA» bolalar ko‘ngilochar parkining https://avatariya.com/uz-uz/ saytida e’lon qilingan yoki Park binosidagi Axborot stendida joylashtirilgan xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq, mazkur Oferta va 1-ilovada belgilangan shartlarda hordiqni tashkil etish xizmatlarini taqdim etishdan iborat.
Mazkur ommaviy oferta «IP AVATARIYA» XK MChJ (bundan buyon - «Ijrochi») va Buyurtmachi - mazkur Shartnoma manfaatlarini ko‘zlab tuzilayotgan bolaning ota-onasi, qonuniy vakili yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxs - o‘rtasidagi o‘zaro huquqlar, majburiyatlar va munosabatlar tartibini belgilaydi. Mazkur Ofertaning aksepti Buyurtmachining uning shartlariga roziligini anglatadi va xizmat ko‘rsatish Shartnomasi tuzilganligini tasdiqlaydi.
1. MAZKUR SHARTNOMADA QO‘LLANILADIGAN TA’RIFLAR
1.1. Mazkur Shartnomada quyidagi atamalar va ta’riflar qo‘llaniladi:
Oferta aksepti - Buyurtmachi tomonidan «AVATARIYA» bolalar ko‘ngilochar parki xizmatlarini olishga qaratilgan harakatlarni, shu jumladan xizmatlar haqini to‘lash, ro‘yxatdan o‘tish, Parkka tashrif buyurish, chipta rasmiylashtirish yoki mazkur Ofertaga rozilikni bildiruvchi boshqa harakatni amalga oshirish yo‘li bilan mazkur Oferta shartlarining to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishini anglatadi.
Oferta shartnomasi (Shartnoma) - O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367, 369 va 370-moddalariga muvofiq Ijrochi va Buyurtmachi o‘rtasida mazkur Ofertani aksept qilish orqali tuziladigan «AVATARIYA» bolalar ko‘ngilochar parkiga tashrif buyurish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shartnomasi.
Buyurtmachi - bolaning manfaatlarini ko‘zlab harakat qiluvchi, Ofertani aksept qilgan va Ijrochidan xizmatlar xarid qiluvchi ota-ona, qonuniy vakil yoki bolaga hamrohlik qiluvchi shaxs.
Oferta - «AVATARIYA» bolalar ko‘ngilochar parkining saytida va/yoki axborot stendlarida joylashtirilgan, xizmat ko‘rsatish shartlarini belgilovchi mazkur ommaviy oferta shartnomasi.
O‘XK (o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kassasi) - Park hududida o‘rnatilgan, tashrifni mustaqil rasmiylashtirish, xizmatlar haqini to‘lash va «AVATARIYA» bolalar ko‘ngilochar parki servisidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan elektron qurilma.
2. SHARTNOMA PREDMETI
2.1. Ijrochi Buyurtmachiga «AVATARIYA» bolalar ko‘ngilochar parkida hordiqni tashkil etish xizmatlari va boshqa hamroh xizmatlarni (bundan buyon - «Xizmatlar») mazkur Oferta shartlariga muvofiq ko‘rsatish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa Xizmatlar haqini mazkur Shartnomada belgilangan tartibda to‘lash majburiyatini oladi.
2.2. Xizmatlarning ro‘yxati, mazmuni, qiymati va ularni taqdim etish shartlari https://avatariya.com/uz-uz/ saytida va/yoki Park binosidagi axborot stendida joylashtiriladi hamda mazkur Ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.
2.3. Chipta, braslet yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatni xarid qilish orqali rasmiylashtirilgan Park xizmatlaridan foydalanish imkoniyati Buyurtmachiga amalda taqdim etilgan paytdan boshlab Xizmat ko‘rsatilgan hisoblanadi.
3. SHARTNOMANI TUZISH TARTIBI
3.1. Mazkur Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 358-moddasiga muvofiq ommaviy shartnoma bo‘lib, unga ko‘ra Ijrochi xizmat olish uchun murojaat qilgan har bir shaxsga xizmat ko‘rsatish majburiyatini oladi.
3.2. Mazkur Shartnoma matnining https://avatariya.com/uz-uz/ saytida va/yoki «AVATARIYA» bolalar ko‘ngilochar parki binosidagi axborot stendida joylashtirilishi Ijrochining nomuayyan doiradagi shaxslarga yo‘naltirilgan ommaviy ofertasi hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367 va 369-moddalari).
3.3. Mazkur Shartnoma Buyurtmachining uning shartlariga qo‘shilishi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 360-moddasi) yo‘li bilan, Ofertani to‘liq, hech qanday shartlar, istisnolar yoki e’tirozlarsiz aksept qilish orqali tuziladi.
3.4. Buyurtmachining Ijrochi xizmatlaridan foydalanishga roziligini bildiruvchi har qanday harakati Oferta aksepti hisoblanadi, shu jumladan:
- chipta/braslet xarid qilish;
- xizmatlar haqini naqd pul, bank kartasi, O‘XK orqali yoki boshqa usulda to‘lash;
- sayt yoki mobil ilova orqali buyurtma rasmiylashtirish.
3.5. Aksept qilingan paytdan boshlab mazkur Shartnoma tuzilgan hisoblanadi va Buyurtmachi bilan Ijrochi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi.
3.6. Shartnoma tuzilgan sana Buyurtmachi tomonidan «AVATARIYA» parkiga tashrif buyurish uchun chipta (braslet) xarid qilingan kun hisoblanadi.
4. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. Ijrochi quyidagilarga majbur:
4.1.1. Mazkur Oferta shartlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq bolalar hordig‘ini tashkil etish xizmatlarini ko‘rsatish.
4.1.2. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish.
4.1.3. «AVATARIYA» bolalar ko‘ngilochar parki hududida hordiqni tashkil etish uchun mo‘ljallangan o‘yin maydonchalari, o‘yin zonalari va uskunalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
4.1.4. O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq Buyurtmachining shaxsga doir ma’lumotlari xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlash.
4.1.5. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan yong‘in xavfsizligi talablari, sanitariya normalari, sanitariya-epidemiologiya talablari va boshqa majburiy talablarga rioya etilishini ta’minlash.
4.1.6. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari yuzaga kelganda Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
4.1.7. Buyurtmachi yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar Parkka tashrif Qoidalari, xavfsizlik talablarini buzgan, shuningdek mastlik alomatlari, tajovuzkor xulq-atvor, boshqa tashrif buyuruvchilar yoki Ijrochi xodimlarining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid mavjud bo‘lgan taqdirda Ijrochi Buyurtmachiga Xizmatlar ko‘rsatishni rad etishga haqli.
4.1.8. Ijrochi texnik xizmat ko‘rsatish, profilaktika, ta’mirlash, tozalash, sanitariya ishlovi sababli yoki nosozlik alomatlari yoxud xavfsizlikka tahdid mavjud bo‘lganda ayrim o‘yin zonalari va uskunalardan foydalanishni vaqtincha cheklashga haqli. Bunday tanaffus Ijrochi tomonidan majburiyatlarning buzilishi hisoblanmaydi.
4.1.9. Agar Buyurtmachi Ijrochiga jarohatlar, kasalliklar, harakatlanishdagi cheklovlar, gips, ortopedik fiksatsiyalar, muvofiqlashtirish buzilishlari yoki faol o‘yin zonalariga tashrif buyurishga qarshi ko‘rsatma bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar mavjudligi haqida xabar bermagan bo‘lsa, Ijrochi bolaning yoki Buyurtmachining sog‘lig‘i yomonlashgani uchun javobgar bo‘lmaydi.
4.1.10. Buyurtmachi bolaning sog‘lig‘i uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini tasdiqlaydi va tibbiy cheklovlar mavjud bo‘lganda bolaning faol o‘yin zonalariga tashrif buyurish imkoniyatini mustaqil baholash majburiyatini oladi. Oldindan mavjud bo‘lgan jarohatlar, kasalliklar yoki cheklovlar sharoitida faol jismoniy harakat natijasida sog‘liqning har qanday yomonlashuvi Ijrochi tomonidan xizmatlarning lozim darajada ko‘rsatilmaganligi hisoblanmaydi.
4.1.11. Ijrochi bolada ko‘zga tashlanadigan jarohatlar (shu jumladan gips, fiksator, ortez, bintlar) mavjud bo‘lganda, shuningdek bolaning yoki boshqa tashrif buyuruvchilarning sog‘lig‘iga zarar yetkazish xavfi mavjud bo‘lganda bolaning ayrim o‘yin zonalariga kirishini cheklashga haqli.
4.2. IJROCHI QUYIDAGILARGA HAQLI:
4.2.1. Mazkur Shartnoma va Xizmatlar tariflariga bir tomonlama tartibda o‘zgartirishlar kiritish. Barcha o‘zgartirishlar https://avatariya.com/uz-uz/ saytida yoki Axborot stendida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
4.2.2. Mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilish, shuningdek xizmatlar ko‘rsatishda uchinchi shaxslar xizmatlaridan foydalanish.
4.2.3. Agar xizmat ko‘rsatilgan yoki undan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan bo‘lsa, Shartnoma Buyurtmachi tomonidan bekor qilingan taqdirda amalga oshirilgan to‘lovni qaytarmaslik.
4.2.4. Buyurtmachi Shartnoma shartlari, tashrif Qoidalari, xavfsizlik talablarini buzgan, shuningdek mastlik alomatlari, tajovuzkor xulq-atvor, bolalar, boshqa tashrif buyuruvchilar yoki Ijrochi xodimlariga zarar yetkazish tahdidi mavjud bo‘lganda xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib turish.
4.2.5. Bolada ko‘zga tashlanadigan jarohatlar, gips, ortopedik fiksatorlar, bintlar yoki uning xavfsizligiga tahdid tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lganda bolaning ayrim o‘yin zonalariga kirishini cheklash.
4.3. BUYURTMACHI QUYIDAGILARGA MAJBUR:
4.3.1. Ofertani aksept qilishdan oldin uning shartlari, shuningdek Parkka tashrif Qoidalari va xavfsizlik qoidalari bilan tanishish.
4.3.2. Xizmatlar qiymatini o‘z vaqtida to‘lash.
4.3.3. «AVATARIYA» bolalar ko‘ngilochar parki mol-mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish.
4.3.4. Buyurtmachi yoki uning bolasi tomonidan Park mol-mulkiga yetkazilgan zararni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qoplash.
4.3.5. Park hududida o‘z bolasining xatti-harakatlarini nazorat qilish hamda bolaning xulq-atvori va xavfsizligi uchun to‘liq javobgar bo‘lish. Ijrochi Buyurtmachi nazoratida bo‘lgan bolaning xatti-harakatlari uchun javobgar bo‘lmaydi.
4.3.6. Bolaning faol o‘yin zonalariga tashrif buyurishga qarshi ko‘rsatma bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha ma’lum tibbiy cheklovlar, jarohatlar, gips, ortopedik fiksatorlar, kasalliklar yoki boshqa holatlar haqida Ijrochini xabardor qilish. Buyurtmachi bunday ma’lumotlarni yashirish oqibatlari uchun javobgar bo‘ladi.
4.3.7. Buyurtmachi bolaning Parkda bo‘lgan butun vaqti davomida «AVATARIYA» Parki hududida bo‘lishi shart. Bolaning Buyurtmachi yoki Buyurtmachi tayinlagan boshqa voyaga yetgan shaxs hamrohligisiz bo‘lishi taqiqlanadi.
4.3.8. Agar Buyurtmachi bolani hamrohliksiz qoldirib Park hududini tark etsa, u bolaning hayoti, sog‘lig‘i, xavfsizligi va xulq-atvori uchun to‘liq javobgar bo‘ladi. Ijrochi Buyurtmachi yo‘qligi davrida yuz bergan har qanday hodisa, jarohat va oqibatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
4.3.9. Agar bola hamrohliksiz bo‘lsa yoki hamrohlik to‘xtatilgan bo‘lsa, Ijrochi bolaning tashrifini rad etishga yoki Buyurtmachini chaqirishni talab qilishga haqli.
4.4. BUYURTMACHI QUYIDAGILARGA HAQLI:
4.4.1. Ijrochidan mazkur Shartnoma shartlari hamda https://avatariya.com/uz-uz/ saytida joylashtirilgan tariflar va qoidalarga muvofiq xizmatlar ko‘rsatishni talab qilish.
4.4.2. Xizmatlar ro‘yxati, qiymati va ularni taqdim etish shartlari haqida ishonchli ma’lumot olish.
4.4.3. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga oid savollar, takliflar va e’tirozlar bilan Ijrochiga murojaat qilish.
4.4.4. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va mazkur Shartnomada belgilangan doirada xizmatlar ko‘rsatishda xavfsizlik ta’minlanishini talab qilish.
5. XIZMATLAR QIYMATI, HAQ TO‘LASH TARTIBI VA MUDDATLARI
5.1. Buyurtmachi «AVATARIYA» bolalar ko‘ngilochar parkining amaldagi Narxnomasiga muvofiq xizmatlar haqini kassaga pul mablag‘larini kiritish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kassasi (O‘XK) orqali yoki pul mablag‘larini Ijrochining hisob-kitob raqamiga naqdsiz o‘tkazish yo‘li bilan to‘laydi.
5.2. Buyurtmachiga Park xizmatlaridan foydalanish imkoniyati amalda taqdim etilganidan (xizmat ko‘rsatish boshlanganidan) keyin chipta (kirish brasleti) uchun to‘lov qaytarilmaydi.
5.3. Buyurtmachi to‘lov amalga oshirilgan paytda amal qiladigan qiymat bo‘yicha haq to‘laydi va to‘lov fakti Buyurtmachining belgilangan xizmatlar qiymatiga roziligini tasdiqlaydi.
5.4. To‘lovni tasdiqlash uchun Buyurtmachiga Parkka tashrif buyurish huquqini tasdiqlovchi chipta (braslet) beriladi va u kirishda yoki Ijrochi xodimlarining talabiga ko‘ra taqdim etiladi.
6. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
6.1. Taraflar mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
6.2. Ijrochi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Buyurtmachiga xizmat ko‘rsatish imkoni bo‘lmaganligi uchun, shu jumladan: Buyurtmachining belgilangan vaqtda kelmasligi, tashrif qoidalariga rioya qilmasligi, tashqi omillar sababli texnik nosozliklar va Ijrochiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar uchun javobgar bo‘lmaydi. Buyurtmachiga Park xizmatlaridan foydalanish imkoniyati amalda taqdim etilganidan keyin to‘langan xizmatlar qiymati qaytarilmaydi.
6.3. Agar bolaning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar quyidagilar natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, Ijrochi bunday zarar uchun javobgar bo‘lmaydi:
- Buyurtmachi yoki bola tomonidan Parkka tashrif Qoidalarining buzilishi;
- Ijrochi xodimlarining talablariga rioya qilinmasligi;
- bolaning Buyurtmachi tomonidan lozim darajada nazoratsiz qoldirilishi;
- bolada Buyurtmachi Ijrochiga ma’lum qilmagan yashirin yoki avvaldan mavjud kasalliklar, jarohatlar, qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi;
- bola tomonidan uning yoshi yoki sog‘lig‘i holatiga mo‘ljallanmagan o‘yin zonalaridan foydalanilishi.
6.4. Ijrochi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan doirada javobgar bo‘ladi va Buyurtmachi yoki bolaga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun javob bermaydi, qonunchilikda bevosita nazarda tutilgan hamda sud tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.
6.5. Buyurtmachi o‘zi yoki uning bolasi tomonidan «AVATARIYA» bolalar ko‘ngilochar parki uskunalari, mol-mulki yoki inventariga yetkazilgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi va zararni to‘liq hajmda qoplash majburiyatini oladi.
6.6. Mazkur Shartnoma bilan tartibga solinmagan barcha masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Ijrochining qonunchilikka zid bo‘lmagan amaldagi ichki hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
6.7. Agar Buyurtmachi Parkka tashrif uchun haq to‘lagan, biroq belgilangan vaqtda xizmatdan foydalanmagan va xizmat ko‘rsatish boshlanishidan oldin undan voz kechganligi haqida xabar bermagan bo‘lsa, xizmat ko‘rsatilgan hisoblanadi. Buyurtmachiga Parkka tashrif buyurish imkoniyati taqdim etilganligi va Ijrochining resursi muayyan tashrif uchun band qilinganligi sababli to‘langan qiymat qaytarilmaydi.
6.8. Agar bola Park hududida Buyurtmachi yoki Buyurtmachi tayinlagan boshqa voyaga yetgan shaxs hamrohligisiz bo‘lgan bo‘lsa, Ijrochi bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
6.9. Buyurtmachi lozim darajada nazoratsiz qoldirilgan bolaning xavfsizligi, hayoti, sog‘lig‘i va xatti-harakatlari uchun to‘liq javobgar bo‘ladi. Buyurtmachi nazoratining mavjud emasligi natijasida yuzaga kelgan barcha oqibatlar Ijrochi tomonidan xizmatlarning lozim darajada ko‘rsatilmaganligi hisoblanmaydi.
6.10. Ijrochi Buyurtmachining lozim darajadagi nazorati mavjud bo‘lmaganligi oqibatida yuz bergan hodisalar, jarohatlar, baxtsiz hodisalar va boshqa oqibatlar, shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmagan holda: batut zonalari, labirintlar, sirpanchiqlar, skalodromlar, sirpanish zonalari va boshqa faol o‘yin zonalaridagi hodisalar uchun javobgar bo‘lmaydi.
6.11. Bolada yashirin, avvaldan mavjud yoki Buyurtmachi tomonidan ko‘rsatilmagan tibbiy qarshi ko‘rsatmalar, jarohatlar, cheklovlar yoki faol o‘yin zonalariga tashrif buyurish imkoniyatiga ta’sir qiluvchi boshqa xususiyatlar mavjud bo‘lsa, Ijrochi bolaning sog‘lig‘i yomonlashgani uchun javobgar bo‘lmaydi.
7. YENGIB BO‘LMAYDIGAN KUCH HOLATLARI
7.1. Agar mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmasligi Shartnoma tuzilganidan keyin yuzaga kelgan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va obyektiv ravishda oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari oqibati bo‘lsa, Taraflar bunday bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
7.2. Yengib bo‘lmaydigan kuch holatlariga, shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmagan holda: urushlar, ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yong‘inlar, boshqa tabiiy ofatlar, favqulodda ob-havo sharoitlari, epidemiyalar, karantin cheklovlari, majburiyatlarni bajarishni imkonsiz qiladigan davlat organlari qarorlari, elektr energiyasi uzilishi yoki Taraflar nazoratidan tashqaridagi infratuzilma tizimlaridagi nosozliklar kiradi. Fors-major holati vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat, shu jumladan tegishli vakolat doirasida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hujjati bilan tasdiqlanadi.
7.3. Yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari yuzaga kelganda Taraflarning majburiyatlarini bajarish muddati bunday holatlar amal qilgan davrga va ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur vaqtga, biroq ko‘pi bilan oltmish (60) kalendar kunga uzaytiriladi.
7.4. Agar yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari 60 kalendar kundan ortiq davom etsa yoki ularning ko‘rsatilgan muddatdan ortiq davom etishi ayon bo‘lsa, Taraflar Shartnomani bajarishning muqobil usullari yoki uni zararni qoplamasdan bekor qilish masalasi yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazadilar.
8. XABARNOMALAR VA BILDIRISHNOMALAR
8.1. Taraflar elektron aloqa kanallari (elektron pochta) orqali yuborilgan hujjatlarning yuridik kuchini oddiy yozma shakldagi hujjatlar bilan teng ravishda tan oladilar, qonunchilik yoki mazkur Shartnomada hujjatlarni qog‘oz shaklida majburiy rasmiylashtirish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
8.2. Ijrochi tomonidan Buyurtmachi chipta xarid qilish/ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatgan elektron pochta manziliga yuborilgan barcha xabarlar, bildirishnomalar va boshqa ma’lumotlar yuborilgan paytdan boshlab Buyurtmachi tomonidan olingan hisoblanadi.
8.3. Buyurtmachi o‘zi ko‘rsatgan elektron pochta manziliga kelib tushadigan yozishmalarni mustaqil ravishda va o‘z vaqtida tekshirib borish majburiyatini oladi. Elektron pochta tekshirilmaganligi sababli xabar olinmaganligi Buyurtmachini bunday xabar mazmuni bilan bog‘liq oqibatlardan ozod etmaydi.
9. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
9.1. Shartnoma tuzilgan paytdan (3.6-band) kuchga kiradi va Taraflar o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargunga qadar amal qiladi.
Mazkur Shartnoma ommaviy oferta hisoblanadi va Ijrochi tomonidan chaqirib olingunga qadar muddatsiz amal qiladi.
10. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
10.1. Taraflar o‘rtasida yuzaga keladigan barcha nizo va kelishmovchiliklarni Taraflar muzokaralar yo‘li bilan hal etishga intiladilar.
10.2. Nizoni muzokaralar yo‘li bilan tartibga solish imkoni bo‘lmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida ko‘rib chiqiladi. Nizo O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan sudlovga tegishlilik qoidalariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
11. BOSHQA SHARTLAR
11.1. Shartnoma Ijrochi joylashgan manzilda tuzilgan hisoblanadi.
11.2. Mazkur Shartnomani tuzish orqali Buyurtmachi o‘zi taqdim etgan ma’lumotlarning aniq va ishonchli ekanligini tasdiqlaydi hamda noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish oqibatlari uchun javobgar bo‘ladi.
11.3. Mazkur Shartnomaning biror sharti haqiqiy emas yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsa, bu boshqa shartlarning haqiqiyligiga ta’sir qilmaydi, ular o‘z kuchida qoladi va Taraflar uchun majburiy hisoblanadi.
11.4. Mazkur Shartnoma bilan tartibga solinmagan barcha masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va qonunchilikka zid bo‘lmagan Ijrochining ichki normativ hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
12. TARAFLARNING REKVIZITLARI
12.1. Mazkur Shartnoma maqsadlari uchun Buyurtmachining rekvizitlari deb u chipta xarid qilish, buyurtma rasmiylashtirish yoki ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatgan ma’lumotlar, shu jumladan familiyasi, ismi, mobil telefon raqami, elektron pochta manzili va Xizmatlarni taqdim etish uchun zarur boshqa ma’lumotlar hisoblanadi. Buyurtmachi ko‘rsatgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.
12.2. Ijrochi Buyurtmachi ko‘rsatgan ma’lumotlardan aloqa qilish, mazkur Shartnomada nazarda tutilgan xabarlar, bildirishnomalar, to‘lov tasdiqlari va boshqa ma’lumotlarni yuborish uchun foydalanishga haqli.
Ommaviy oferta shartnomasiga
1-ilova
Maxfiylik siyosati va shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik
Mazkur Maxfiylik siyosati «IP AVATARIYA» XK MChJ (bundan buyon – «Operator») sayti Foydalanuvchilarining shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlash va himoya qilish tartibini tartibga soladi. Siyosatning amaldagi tahriri quyidagi manzilda joylashtirilgan: https://avatariya.com/uz-uz/
Saytdan foydalanish, buyurtma rasmiylashtirish yoki chipta xarid qilish orqali Foydalanuvchi mazkur Siyosatga roziligini tasdiqlaydi. Agar Foydalanuvchi Siyosat shartlariga rozi bo‘lmasa, sayt va Operator xizmatlaridan foydalanishni to‘xtatishi shart.
1. ATAMALAR
1.1. Sayt - Operatorning https://avatariya.com/uz-uz/ manzilidagi internet-resursi.
1.2. Foydalanuvchi - saytdan foydalanuvchi, buyurtma rasmiylashtiruvchi, chipta xarid qiluvchi yoki o‘z ma’lumotlarini taqdim etuvchi shaxs.
1.3. Qonunchilik - O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni.
1.4. Shaxsga doir ma’lumotlar - muayyan yoki aniqlanishi mumkin bo‘lgan shaxsga taalluqli ma’lumotlar, shu jumladan chipta xarid qilish yoki buyurtma rasmiylashtirishda taqdim etilgan ota-ona va bola haqidagi ma’lumotlar.
1.5. Ma’lumotlar - Foydalanuvchi haqidagi shaxsga doir ma’lumotlar hisoblanmaydigan boshqa ma’lumotlar.
1.6. Xizmatlar - Operator tomonidan ommaviy shartnoma-ofertaga muvofiq ko‘rsatiladigan xizmatlar.
2. SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI YIG‘ISH VA QAYTA ISHLASH
2.1. Operator faqat quyidagilar uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘adi va qayta ishlaydi:
- xizmatlar ko‘rsatish;
- Foydalanuvchini identifikatsiya qilish;
- tashriflarni ro‘yxatga olish;
- xavfsizlikni ta’minlash;
- bildirishnomalar va servis xabarlarini yuborish;
- servislardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish.
2.2. Qayta ishlanadigan ma’lumotlar tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
- ota-onaning (Buyurtmachining) familiyasi va ismi;
- mobil telefon raqami;
- elektron pochta manzili;
- Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan bola haqidagi ma’lumotlar (ismi, yoshi);
- chipta xaridi, tashrif vaqti va tashrif fakti haqidagi ma’lumotlar.
2.3. Uchinchi shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlarini ularning roziligisiz ko‘rsatish taqiqlanadi, bolaning manfaatlarini qonuniy vakillik huquqi asosida ifodalash hollari bundan mustasno.
3. QAYTA ISHLASH TARTIBI
3.1. Ma’lumotlarni qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
3.2. Operator shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish yoki tarqatishdan himoya qilish choralarini ko‘radi.
3.3. Operator O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya etgan holda shaxsga doir ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham joylashgan serverlarda saqlashga haqli.
3.4. Shaxsga doir ma’lumotlarni uzatishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
- davlat organlarining asoslantirilgan talablariga ko‘ra;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda;
- xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi uchinchi shaxslarga (IT-provayderlar, SMS-xabar tarqatish servislariga va boshqalarga).
3.5. Marketing xabarlarini yuborish maqsadida uchinchi shaxslarga ma’lumot uzatishga faqat Foydalanuvchining alohida roziligi mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
3.6. Foydalanuvchi yozma ariza yuborish orqali shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligini qaytarib olishga haqli. Operator qonunchilikda belgilangan muddatda ma’lumotlarni qayta ishlashni to‘xtatadi.
3.7. Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash muddati Shartnoma amal qiladigan muddatni va u bekor qilinganidan keyingi 3 (uch) yilni tashkil etadi, qonunchilikda boshqa muddat nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
4. SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH
4.1. Operator ma’lumotlarni himoya qilish uchun tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi.
4.2. Himoya choralari quyidagilarning oldini olishni o‘z ichiga oladi:
- ruxsatsiz kirish;
- tarqatish;
- yo‘q qilish;
- ma’lumotlarni o‘zgartirish.
5. BOSHQA QOIDALAR
5.1. Siyosatga O‘zbekiston Respublikasi huquqi qo‘llaniladi.
5.2. Nizolar Operator ro‘yxatdan o‘tgan joy bo‘yicha sud tartibida, majburiy dastlabki talabnoma tartibiga rioya etilgan holda hal etiladi. Talabnomaga javob berish muddati - 30 ish kuni.
5.3. Alohida qoidaning haqiqiy emasligi Siyosatning qolgan qismi haqiqiyligiga ta’sir qilmaydi.
5.4. Operator Siyosatga bir tomonlama tartibda o‘zgartirish kiritishga haqli. Yangi tahrir saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
5.5. Foydalanuvchi Siyosatdagi o‘zgartirishlarni mustaqil ravishda kuzatib borishi shart.
5.6. Bog‘lanish uchun kontaktlar: _______________
Cookie fayllaridan foydalanish siyosati
https://avatariya.com/uz-uz/ saytida Saytning ishlashini ta’minlash, kontentni shaxsiylashtirish va tahlil qilish maqsadida cookie fayllari va boshqa o‘xshash texnologiyalardan (bundan buyon - «Cookie») foydalaniladi.
1. Cookie nima
Cookie - Foydalanuvchi Saytga tashrif buyurganda uning qurilmasida saqlanadigan va keyingi tashriflarda brauzerni tanib olish imkonini beradigan kichik matnli fayllar.
2. Biz qanday Cookie fayllaridan foydalanamiz
Majburiy Cookie — Sayt ishlashi uchun zarur, masalan: shaharni tanlash, avtorizatsiya.
Tahliliy Cookie — Foydalanuvchilarning Saytdagi xatti-harakatlarini kuzatish va interfeysni yaxshilash imkonini beradi (masalan, Google Analytics va boshqalar).
Marketing/reklama Cookie — shaxsiylashtirilgan reklamani ko‘rsatish va uning samaradorligini baholash uchun qo‘llaniladi.
3. Cookie fayllarini boshqarish
Foydalanuvchi istalgan vaqtda brauzer yoki qurilma sozlamalari orqali Cookie fayllarini o‘chirishi yoki olib tashlashi mumkin. Bunda Saytning ayrim bo‘limlari cheklovlar bilan ishlashi mumkin. Cookie haqida bildirishnoma olinganidan keyin Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali Foydalanuvchi mazkur Siyosatga muvofiq ulardan foydalanishga rozilik bildiradi.